O‘zbekiston MTJ uchrashuvi koronavirus sabab bekor qilindi

Sport

image

Bugun, 1 fevral kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Yangi Zelandiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishi kerak edi. Biroq o‘yinoldi tekshiruvda Okeaniya mintaqasi jamoasining 12 futbolchisi koronavirusga chalingani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

“Terma jamoamiz uchrashuvga faol tayyorgarlik olib bordi. O‘yindan oldin topshirilgan PZR testlar barcha futbolchilarda manfiy chiqdi va hammasi reja bo‘yicha ketayotgandi. Biroq bugun tongda Yangi Zelandiya terma jamoasining 12 futbolchisida koronavirus aniqlangani ma’lum bo‘ldi. Raqib jamoa vakillari bunday holatda o‘ynay olmasliklari, murabbiy esa tarkib shakllantirish uchun yetarlicha futbolchilarga ega emasligini bildirdi. O‘z navbatida O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun ham futbolchilar salomatligi ustuvor hisoblanadi. Natijada tomonlar bugungi o‘yinni qoldirishga qaror qilishdi”, deyiladi federatsiya xabarida.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 27 yanvar kuni Srechko Katanets shogirdlari FIFA reytingida 167-o‘rinda qayd etilgan Janubiy Sudan terma jamoasini 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Undan avval esa Bahraynga qarshi belgilangan uchrashuv bekor qilingan edi.

Ma’lumot uchun, FIFA retingida O‘zbekiston MTJ 84-pog‘onani egallab turibdi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Yangi Zelandiya Katanets

Baholaganlar

19

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing