“O‘zbekiston” mehmonxonasida yong‘in chiqdi (video)
3-sahifa
−
12 Iyul 7390 1 daqiqa
Bugun, 12 iyul kuni Toshkent shahridagi “O‘zbekiston” mehmonxonasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 14:45 da Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik shox ko‘chasida joylashgan “O‘zbekiston” mehmonxonasining 10-qavatida yong‘in sodir bo‘layotgani bo‘yicha Toshkent shahar FVBBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 14:49 da yetib borib, yong‘in soat 14:54 da o‘chirilgan.
Bildirilishicha, aytilgan manzilda binoning yong‘inga qarshi o‘rnatilgan xavfsizlik tizimlari o‘z vaqtida ishlagani sababli yong‘in o‘z vaqtida tezkorlik bilan bartaraf etilgan.
Mehmonxonaning 10-qavatidagi ishchi xizmatchilar xonasi yonib zararlangani aniqlangan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar fuqarolar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzaxdagi restoranda yong‘in sodir bo‘lgan edi.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr