O‘zbekiston MDH Adliya vazirlari kengashiga rahbarlik qiladi

Olam

image

O‘zbekiston Adliya vaziri Akbar Toshqulov 2024 yil uchun Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) Adliya vazirlari kengashi raisi etib saylandi. Bu haqda bugun, 22 sentyabr kuni Dushanbedagi yig‘ilishda kengash mas’ul kotibi Irina Selikovets ma’lum qildi.

“O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Toshqulov Akbar Jo‘raboyevichni Adliya vazirlari kengashi raisi etib saylash va kengashning navbatdagi majlisini O‘zbekiston Respublikasida o‘tkazish taklif qilindi. Qaror 2024 yil 1 yanvardan kuchga kiradi. Shunday tariqa, MDH Adliya vazirlari kengashi raisligining amal qilish muddati bir kalendar yiliga uzaytiriladi”, deydi Irina Selikovets.

Qaror yig‘ilishga qatnashgan Tojikiston Adliya vaziri Muzaffar Ashuriyon, Rossiya Adliya vaziri o‘rinbosari Andrey Loginov, Qirg‘iziston Adliya vaziri o‘rinbosari Baxtiyor O‘rozovlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.

“Keyingi yil barchangizni mamlakatimizga taklif qilishdan mamnunman. O‘z navbatida, Vazirlar Kengashi faoliyatini samarali tashkil etish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratib beramiz, deb ishontirib aytamiz”, degan Toshqulov ovoz berishdan so‘ng. 

Ma’lumot uchun, Vazirlar kengashining navbatdagi majlisi kun tartibi kelasi yil boshida shakllantiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

MDH O'zbekiston Dushanbe Akbar Toshqulov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing