O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi harbiy qudratini saqlab qoldi

Jamiyat

image

Harbiy qudrat bo‘yicha jahon reytingida O‘zbekiston 138 ta davlat orasida 52-o‘rinni egalladi. Bu mintaqa davlatlari orasida eng yuqori o‘rin. Reyting “Global Firepower” tomonidan tuzilgan.

Reytingda birinchi o‘rinni - AQSH, ikkinchi pog‘onani - Rossiya, uchinchi o‘rinni - Xitoy egallagan.

Kuchli o‘nlikka, shuningdek, Hindiston, Yaponiya, Janubiy Koreya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Misr va Braziliya kirgan.

Markaziy Osiyo davlatlarining  reytingdagi joylashuv o‘rni quyidagicha: Qozog‘iston - 63 o‘rin, Turkmaniston - 77 o‘rin, Afg‘oniston - 78 o‘rin, Tojikiston - 94 va Qirg‘iziston - 98 o‘rinlarni egallashgan.

SSSR tarkibida bo‘lgan respublikalar quyidagi o‘rinlarni egallagan: Ukraina – 27, Belarus – 53, Armaniston – 111, Ozarbayjon – 64, Qozog‘iston – 63 o‘rin, Turkmaniston – 77 o‘rin, Afg‘oniston – 78 o‘rin, Tojikiston – 94 va Qirg‘iziston – 98, Estoniya – 119, Litva – 83, Latviya – 102.


Maqola muallifi

Teglar

armiya harbiy

Baholaganlar

1048

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing