O‘zbekiston maktablarida ispan tilini o‘qitish bo‘yicha dasturlar joriy qilinadi

Jamiyat

image

O‘zbekiston maktablarida, xususan, birinchi galda prezident maktablarida ispan tilini o‘qitish bo‘yicha dasturlar joriy qilinadi. Bu haqda Ispaniya Ta’lim va kasbga o‘qitish vazirligi hamda Ta’limni xalqarolashtirish xizmati (SEPIE) mutasaddilari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda aytilgan.

Qayd etilishicha, ushbu uchrashuvda O‘zbekiston va Ispaniya o‘rtasida o‘rta maxsus va oliy ta’lim yo‘nalishlarida hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilingan.

Muzokaralarda xorij tomoni ispan tilini o‘qitishni O‘zbekiston maktablarida, xususan, birinchi galda Prezident maktablarida ikki tilli bo‘limlar dasturi, chet tili o‘qituvchilarning yordamchilari dasturi, Ispaniya ta’lim va kasbga o‘qitish vazirligining resurs markazlari faoliyatini joriy qilish orqali hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishni taklif etgan.

Ma’lum qilinishicha, hozirgi kunda ushbu ta’lim dasturlari Lotin Amerikasi, AQSH, Yevropa mamlakatlari, Xitoy, Rossiya va boshqa davlatlar maktablarida keng joriy qilingan.

Ispan tili dasturlari joriy qilingan maktablar boshqa ta’lim muassasalariga nisbatan mavqei yuqori bo‘lib, iqtidorli o‘quvchilarga milliy shahodatnoma bilan birga Ispaniya shahodatnomasi taqdim etiladi. Dasturda ishtirok etgan maktablarda ispan tili va madaniyati burchaklari hamda muzeylar bilan ta’minlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston maktablar ispan tili

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing