O‘zbekistonda maktab yetishmovchiligi muammosi qanday hal etilyapti?

Jamiyat

image
Turdimov va Saidov diqqatiga: Payariqda 300 ga yaqin bola sarson bo‘lmoqda north_east

Turdimov va Saidov diqqatiga: Payariqda 300 ga yaqin bola sarson bo‘lmoqda

Co‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda maktab yetishmovchiligi mavzusi turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Bugungi kunda ushbu masalani hal etish uchun davlat tomonidan qanday ishlar olib borilmoqda? Xalq ta’limi vazirligi Matbuot kotibi Laylo Rustamova shu masalada ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 2018-2021 yillar davomida yurtimizda olib borilgan maktablarning moddiy-texnika bazasi va infratuzilmasini yaxshilash borasida olib borilgan sa’y-harakatlar natijasida maktablarida qo‘shimcha yangi 474,5 ming o‘quvchi o‘rinlari yaratilgan. Shundan 58,7 ming o‘quvchi o‘rni yangidan barpo etilgan 156 ta maktabda hamda navbatlilik koeffitsenti yuqori bo‘lgan mavjud 1511 ta umumta’lim maktablariga qo‘shimcha o‘quv binolari barpo etilishi natijasida 371,4 ming o‘quvchi o‘rni yaratilishiga erishilgan.

“Yuqorida tilgan olingan qariyb yarim million o‘quvchi o‘rnini yaratishga davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan 5 trln so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilgan. Bundan tashqari maktablar 11 yillik ta’lim tizimiga o‘tishi munosabati bilan bo‘shab qolgan 383 ta kasb-hunar kollejlari maktablarga aylantirilishi hisobidan 221 ming qo‘shimcha o‘quvchi o‘rni yaratildi. Ushbu yangi o‘quv o‘rinlarining yaratilishi navbatlilik koeffitsenti oshib ketgan maktablardagi holatni me’yor darajasiga olib tushishga va ta’lim olishga munosib shart-sharoitlar yaratishga xizmat qilgan”, deydi Laylo Rustamova.

Ta’kidlanishicha, hukumat tomonidan tasdiqlangan tegishli hujjatga ko‘ra, 2022 yilda Respublika bo‘yicha jami 306 ta umumta’lim maktablarida, shundan 15 176 o‘quvchi o‘rniga mo‘ljallangan 37 ta maktablarni yangidan qurish, 71 819 o‘quvchi o‘rniga mo‘ljallangan 180 ta maktabni rekonstruksiya qilish va mavjud 89 tasini mukammal ta’mirlanishi belgilangan.

“Hukumatning tegishli topshirig‘iga ko‘ra, hududlardagi holatni manzilli o‘rganish maqsadida turli vazirlik va idoralar vakillaridan iborat Ishchi guruhlar tashkil etilib va ular tomonidan bugungi kunda Respublikaning barcha hududlarda mavjud talablar o‘rganilmoqda.

O‘z o‘rnida xalq ta’limi vaziri rahbarligida xam hududlarga chiqqan holda eng avvalo yangi barpo etilayotgan uy-joy massivlari hududida yangi maktab binolarini barpo etish, quvvatiga nisbatan o‘quvchilar soni keskin oshib ketishi kutilayotgan maktablarga qo‘shimcha o‘quv binolarini qurish hamda ta’mirtalab maktablarni ta’mirlash bo‘yicha 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan manzilli dasturni shakillantirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda”, deydi XTV vakili.

Xususan, kuni kecha Xalq ta’limi vaziri tomonidan Qashqadaryo va Samarqand viloyatlaridagi maktablardagi mavjud holat o‘rganilgan. Xususan Qarshi, Koson, Kasbi tumanlari va Qarshi shahridagi maktablar hamda Qamashi tumanidagi 4-sonli Mehribonlik uyi, Samarqand viloyatining Samarqand shahri, Bulung‘ur va Jomboy tumani maktablaridagi mavjud holatlarni o‘rganish natijasida kelgusi 5 yilgi Investitsiya dasturi manzilli ro‘yxatlariga kiritilgan.

Vazirlik prognozlarga ko‘ra kelgusi 5 yillikda maktab o‘quvchilarining kutilayotgan soni 7,5 mlnga yetishi kutilmoqda. 

“Maktablardagi o‘quvchi quvvati yetishmasligi oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammoni oldini olish maqsadida eng avvalo, kelgusi besh yillikda hududlarda yangi barpo etiladigan uy-joy massivlarida yangi maktablar qurilishini, quvvatiga nisbatan o‘quvchilar soni ko‘payib ketgan  va kelgusida o‘quvchilar soni keskin o‘sishi kutilayotgan maktablarga qo‘shimcha o‘quv binolarini qurishni (hududdagi maktab yoshidagi bolalar sonini demografik o‘sishini hisobga olgan holda), shuningdek, maktab filiallarini to‘laqonli maktablarga aylantirish ishlarini jadallashtirishni talab etadi.

Ishchi guruhlar tomonidan o‘rganishlar yakuni bo‘yicha shakllantirilgan dastlabki 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan umumta’lim maktablarini qurish, rekonstruksiya qilish, bunda o‘quv binosi qurishda zarur bo‘lgan 1,2 mln. o‘quvchi o‘rnini ham inobatga olish hamda mavjud maktablarni mukammal ta’mirlash bo‘yicha manzilli dasturlar tegishli vazirlik va idoralar tomonidan umumlashtirilgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi”, deya so‘zini yakunlagan Laylo Rustamova.


Maqola muallifi

Teglar

maktab

Baholaganlar

58

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing