O‘zbekiston ko‘zi ojizlar to‘g‘risidagi xalqaro shartnomaga qo‘shildi 

Jamiyat

image

O‘zbekiston ko‘zi ojiz, ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan va bosma axborotni idrok etishda boshqa jihatdan qobiliyati cheklangan shaxslarning nashr etilgan asarlardan foydalanishini yengillashtirish to‘g‘risidagi Marokash shartnomasiga qo‘shildi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar bergan. 

Ta’kidlanishicha, bu Prezidentning bugun, 12 yanvardagi qarorida qayd etilgan. Unga muvofiq, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan mas’ul vakolatli organ etib belgilandi. 

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari esa ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin O‘zbekistonning majburiyatlari bajarilishini ta’minlaydi. 

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston a’zo bo‘lgan mazkur shartnoma 2013 yilning 27 iyun kuni Marokashda qabul qilingan bo‘lib, 2016 yilning 30 sentyabrida kuchga kirgan.


Maqola muallifi

Teglar

shartnoma ko'zi ojiz

Baholaganlar

66

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing