O‘zbekiston kuz-qish mavsumidagi energiya resurs taqchilligini qanday hal qilmoqchi?
Jamiyat
−
28 may 2021
3296Yodingizda bo‘lsa, o‘tgan kuz-qish mavsumi davomida nafaqat qishloq joylarda, balki poytaxt Toshkentda ham elektr ta’minotida uzilishlar yuzaga kelgandi. Mazkur holat esa fuqarolarning O‘zbekistondagi energetika tizimiga nisbatan norozilik kayfiyatini yanada oshirib yubordi. Ho‘sh, energetika sohasi rahbarlari bundan xuloa chiqargani? Tizim endigi kuz-qish mavsumiga qanday tayyorlanyapti.
Kecha, 27 may kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tashabbusi bilan Energetika vazirligi tizimida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligiga bag‘ishlangan jamotchilik eshituvida soha mutaxassislari kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha ma’lumot berdi.
Energetika vazirligi boshqarma boshlig‘i Anvar Raupovning aytishicha, kuz-qish mavsumining boshiga qadar, ya’ni oktyabrda ishga tushadigan (bir qismi esa dekabrda ishga tushadigan) yangi generatsiya quvvatlari elektr energiya ta’minotida yuzaga keladigan uzilishlarni bartaraf etishda yodam beradi.
“Uzoq yillar mobaynida Respublika yoqilg‘i energetika kompleksida bir muammo bor edi. Masalan, ma’lum miqdorda resurslarimiz mavjud va shu paytga qadar mazkur resurslar qo‘ldan kelgancha taqsimlangan. Oxirgi yillarda mavjud resursni iqtisodiyot tarmoqlariga, aholiga yoki tadbirkorlik subektlariga yetkazib berishda vujudga keladigan defitsitni qoplash borasida topshiriq bo‘ldi. Ushbu defitsitni qoplashda asosiy vazifamiz energetika tizimida qo‘shni davlatlar bilan elektr oqimini yagona bir tizim orqali yo‘lga qo‘yishdir. Ya’ni bizga kerak bo‘lganda ular berishadi, ularga kerak bo‘lganda biz beramiz. Bizda kuz-qish mavsumida yetmagan gazni “qo‘shni”lardan olib kelib, iste’molga berish nazarga tutilmoqda.
Aslida biz, 2025 yilga kelib belgilangan strategiyamiz bo‘yicha tabiiy gaz eksportini to‘xtatishimiz kerak. Shu bilan birga, hozirgi paytda ham tabiiy gaz, ham suyultirilgan gaz eksportini cheklash va uni kuz-qish mavsumiga borib to‘liq ichki iste’molga yo‘naltirish choralari ko‘rilmoqda”, deydi Anvar Raupov.
Bundan tashqari, Energetika vazirligi mas’uli ayni damda qancha elektr energiyasini mamlakat hududidagi iste’mol uchun yo‘naltirish rejalashtirilgani hamda mazkur raqamlarning o‘tgan mavsumdagi statistikaga nisbatan farqlariga ham to‘xtaldi.
“Bu yil kuz-qish mavsumiga borib 30 mlrd 800 mln kubometr elektr energiyasini respublika iste’moli uchun yo‘naltirishimiz kerak. Shundan 10 mlrd kubometrga yaqini aholi uchun. O‘tgan mavsumdagi ko‘rsatkichlar bilan solishtiradigan bo‘lsak, jami 2 mlrd kVt-soatдан ortiqroqdir. Aholiga yetkaziladigan elektr esa 520 mln kVt-soatдан ko‘proqni tashkil qiladi”, deydi boshqarma boshlig‘i Raupov.
Bundan tashqari, energetika tizimidagi defitsitni qoplash uchun qo‘shni davlatlardan 6,4 mlrd kVt-soat elektr energiya import qabul qiilinishi rejalashtirilgan. Bugungi kungacha ya’ni, yilning birinchi choragiga qadar 2,3 mlrd kVt-soat elektr energiyasi olib bo‘lingan.
Yig‘ilishda qayd etilishicha Prezidentning farmon va qarorlarida nazoratga olingan vazirlikka aloqador 1002 ta topshiriqdan 612 tasi yoxud 61 foizi (32 ta Farmon, 114 ta qaror, 5 ta farmoyish va 68 ta bayon) bajarilgan. Topshiriqlarning 382 tasi (39 foizi) ijro jarayonida, 134 tasi (21 foizi) esa muddatidan kech bajarilgan bo‘lsa, 8 ta topshiriqning ijro muddati belgilangan vaqtdan o‘tkazib yuborilgan.
LiveBarchasi