O‘zbekiston klublari OFK litsenziyasini qo‘lga kiritish bo‘yicha qit’ada yetakchi bo‘ldi

Sport

image

Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) klublarini litsenziyalash natijalarini e’lon qildi hamda 2023/24-mavsum musobaqalarida ishtirok etadigan jamoalar nomiga oydinlik kiritdi.

O‘zbekiston professional futbol ligasi litsenziyalash uchun 25 ta klubni jalb qildi. Mazkur ko‘rsatkich borasida O‘zbekiston Osiyoda birinchi bo‘ldi. Qatarning 17 ta va Saudiya Arabistonining 16 ta klubi litsenziyalashga jalb etilgandi. 

Litsenziya uchun da’vogarlardan O‘zbekistonning 17 ta klubi OFK litsenziyasini qo‘lga kiritdi. Bu bilan O‘zbekiston Osiyoda eng yaxshi natijani qayd etdi. Bir yil avval O‘zbekistonning 12 ta klubi OFK litsenziyasini qo‘lga kiritgandi. Qatarning 15 ta, BAAning 13 ta klubi OFK litsenziyasiga ega chiqdi.

OFK litsenziyasiga ega chiqqan O‘zbekiston klublari: “Paxtakor”, “Navbahor lochinlari”, “Nasaf”, AGMK, “Qizilqum”, “So‘g‘diyona”, “Bunyodkor”, “Neftchi”, “Metallurg”, “Lokomotiv”, “Dinamo”, “Andijon”, “Turon”, “Buxoro”, “Mash’al”, “Sho‘rtan”, “Olimpik”.


Maqola muallifi

Teglar

Paxtakor Osiyo futbol konfederatsiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing