O‘zbekiston Kinematografiya akademiyasi tashkil etiladi
Jamiyat
−
08 aprel 2021
1977O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kino san’ati va sanoatini yangi bosqichga olib chiqish, sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi huzurida:
- O‘zbekiston Kinematografiya akademiyasi oliy ta’lim muassasasi;
- “Respublika kinofondi” DUK negizida byudjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan “O‘zbekiston milliy kinofondi” davlat muassasasi;
- “O‘zbekfilm” DUK negizida xususiy kinokompaniyalarga film, multfilm va seriallar yaratish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi “O‘zbekfilm” kinokonserni” DUK;
- Agentlikning viloyatlar va Toshkent shahar hududiy bo‘limlari tashkil etiladi.
Shuningdek:
- “Multiplikatsion filmlar studiyasi” DUK;
- “Respublika kinoprokat markazi” DUK va uning hududiy filiallari;
- “Kinematografchilar uyi” DUK;
- “Kinoindustriya sohasi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi” DUK faoliyati tugatiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “O‘zbekkino” milliy agentligi Kinematografiya agentligi etib qayta nomlangani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi