O‘zbekiston Xitoy bilan nimalarga kelishdi?

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin Pekin shahrida muzokaralar olib borib, yakunda imzolangan ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi bo‘ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Tomonlar:

  • “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusini o‘zaro bog‘lash bo‘yicha hamkorlik dasturi;
  • Madaniyat markazlarini o‘zaro ta’sis etish to‘g‘risida bitim;
  • Tibbiy xizmatlar sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitimni imzoladi.

Bundan tashqari, tashrif doirasida quyidagi kelishuvlarga ham erishilgan:

  • O‘zbekistonga zemsnaryadlar (texnik kema) berish loyihasining ikkinchi bosqichini loyihalashtirish bo‘yicha;
  • texnik-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida;
  • muvofiqlikni baholash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
  • O‘zbekistondan Xitoyga qovun va bodom eksport qilishda fitosanitariya talablari to‘g‘risida;
  • kosmik fanlar, texnologiyalar va kosmik faoliyat natijalaridan tinchlik maqsadlarida foydalanishda hamkorlik qilish to‘g‘risida;
  • raqobat siyosati sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
  • inson resurslarini rivojlantirish sohasida hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha;
  • raqamli iqtisodiyot sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha;
  • Samarqand viloyati va Tyanszin shahri o‘rtasida sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida;
  • O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Xitoy Xalqaro savdoga ko‘maklashish kengashi o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Xitoyga rasmiy tashrif doirasida Pekin shahrida Si Szinpin bilan delegatsiyalar a’zolari ishtirokida muzokaralar o‘tkazgani xabar qilingan edi. Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi barcha sharoitlarda strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Xitoy Si Tszin'pin “O'zbekiston – 2030

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing