Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

O‘zbekiston xalq artisti To‘lqin Tojiyev vafot etdi

Madaniyat-san’at

image

O‘zbekiston xalq artisti To‘lqin Tojiyev tabarruk 88 yoshda olamdan o‘tdi. Bu haqda O‘zbek Milliy Akademik drama teatri ma’lum qildi.

U O‘zbek Milliy akademik drama teatri ustoz san’atkori, o‘zbek dublyaj san’atining qiroli sifatida ko‘rilgan. U quyidagi filmlardagi qahramonlarga dublyajda ovoz bergan:

  • "Qilich va qalqon" (SSSR filmi, 1960);

  • "Alvon yelkanlar" (SSSR filmi, 1962);

  • "Ahmed qayerda?" (Ozarbayjon filmi, 1963);

  • "Ayoz bobo" (SSSR filmi, 1964);

  • "I" operatsiyasi va Shurikning boshqa sarguzashtlari" (SSSR filmi, 1965);

  • "Arshin mol olon" (Ozarbayjon filmi, 1965);

  • "U zamonlar o‘tib ketdi" (Gruziya filmi, 1965);

  • "Avtomobildan saqlaning" (SSSR filmi, 1966);

  • "Alovuddinning sehrli chirog‘i" (SSSR filmi, 1967);

  • "Kavkaz asirasi" (SSSR filmi, 1967);

  • "Finist sarlochin" (SSSR filmi, 1967).

Tojiyev kinodagi rollari bilan ham tanilgan: Jurjoniy ("Abu Ali Ibn Sino"), Hakim ("Ikkinchi bahor"), Mahmud ("Mahallada duv-duv gap"), Quddus ("Besh og‘aynilar"), Omon ("Bu yerdan chegara o‘tadi", 3 qismli), Tog‘ayev ("Siz kimsiz?"), Qodirov ("Qora baliq izi", besh qismli, "Lenfilm"), Hasanov ("Hayot sening qo‘lingda") va boshqalar. Shuningdek, u radioda "Tabassum" eshittirishi, "Qarmoq" satirik radiojurnalining boshlovchisi sifatida tanilgan.

To‘lqin Tojiyev 1997 yilda "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlangan.


Maqola muallifi

Teglar

To'lqin Tojiev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar