O‘zbekiston xalq artisti Shermat Yormatov vafot etdi

Madaniyat-san’at

image

O‘zbekiston xalq artisti, taniqli kompozitor va dirijyor Shermat Yormatov 82 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.

Shermat Yormatov 1939 yil Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Toshkent davlat konservatoriyasini xor dirijyorligi mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan (1967). Toshkent shahridagi 99-o‘rta maktabda musiqa o‘qituvchisi va “Boychechak” xor studiyasining rahbari (1962-82) bo‘lgan.

Shermat Yormatov o‘zbek bolalar xorining eng faol targ‘ibotchisi, kuyunchak rahbar, “Qo‘shig‘im, jon qo‘shig‘im”, “Birgalikda kuylaymiz”, “Do, re, mi, fa, sol”, “San’at g‘unchalari” kabi qator ko‘rsatuvlar orqali butun respublika bolalariga musiqadan tahsil bergan.

Shermat Yormatov O‘zbekiston yoshlar mukofoti, “Sog‘lom avlod uchun” ordeni sohibi bo‘lgan.

QALAMPIR.UZ jamoasi ulug‘ san’atkorning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari va yaqinlari, hamkasb va shogirdlariga chuqur qayg‘u ila ta’ziya izhor etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

549

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made