O‘zbekiston xalq artisti Shafoat Rahmatullayeva vafot etdi
Madaniyat-san’at
−
24 dekabr
14400O‘zbekiston xalq artisti – teatr va kino aktrisasi Shafoat Rahmatullayeva 83 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.
U ko‘p yillar davomida teatr sohasida faoliyat yuritib kelgan. Shuningdek, kinofilmlarda turli rollarni ham ijro etgan.
Shafoat Rahmatullayeva musiqiy va dramatik hamda komediya, tragediya janrlaridagi spektakllarda ijod qilgan: Maysara (Hamza, “Maysaraning ishi”), Narzi (Z. Fatxullin, “Vatan ishqi”), Poshsha xola, Zebo (M. Boboyev, “Qaydasan, jon bolam”, “Yer tomiri”), Gonorelya (U. Shekspir, “Qirol Lir”), Zuhra (Abdulla Qahhor, “Og‘riq tishlar”), Jurden xonim (Moler, “Soxta oqsuyak”), Tosh xola (J. Mahmudov, “Ayollar fig‘oni”), Ma’mura kampir (Jan Sarron, “Ma’mura kampir”) kabi rollari bilan tanilgan. 1995 yil Poshsha xola va Ma’mura kampir rollari uchun yilning “Eng yaxshi ayol roli” sovrini bilan taqdirlangan.
Aktrisaning janozasi bugun, 24 dekabr kuni peshinda Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida bo‘ladi.
LiveBarchasi