O‘zbekiston xalqaro reytinglardan birida yuqori o‘rinni egalladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston xavfsiz turizm bo‘yicha dunyoda 46, MDHda 1-o‘rinni egalladi.

Mazkur reytingni Fransiyaning "Insurly" portali e’lon qilgan. Reytingni tuzishda tabiiy ofat ehtimoli, sog‘liqni saqlash darajasi, jinoyatchilik bo‘yicha ahvol, jumladan terrorchilik va  yo‘l-transport hodisalari hisobga olingan.

2020 yilda sayyohlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha 1-o‘rin 100 baldan 93,4 ball olgan Shveysariyaga berildi. Ikkinchi o‘ringa 92,7 ball bilan Singapur loyiq ko‘rildi. Uchinchi o‘rinni egallagan Norvegiyaga 91,1 ball berilgan.

Sayyohlar uchun eng xavfsiz mamlakatlar o‘ntaligiga shuningdek, Lyuksemburg, Kipr, Islandiya, Daniya, Portugaliya, Finlyandiya va Yaponiya ham kiritildi.

O‘zbekiston ushbu reytingda 70,3 ball olib 46-o‘rinni egallagan. Reyting tuzuvchilarning fikricha, turistlar uchun eng katta xavf, bu tabiiy ofatlardir. Bu yo‘nalishda O‘zbekistonga atigi 25 ball berildi. Ammo, O‘zbekistonning sog‘liqni saqlash tizimi yuqori darajadaligi qayd etildi va 81 ball berildi. 

Portalda ta’kidlanishicha, O‘zbekistonga kelgan sayyohlarga terrorchilik tahdidi umuman yo‘q.

Dunyo reytingida 46-o‘rinni egallagan O‘zbekiston MDHda doirasida birinchi bo‘ldi.

Ro‘yxatda O‘zbekistondan keyingi o‘rinlar qo‘yidagicha bo‘ldi: Belarus (48-o‘rin), Ozarbayjon (52), Turkmaniston (60), Moldova (66), Gruziya (68), Qozog‘iston (71), Armaniston (72), Ukraina (83), Rossiya (86), Tojikiston (93), Qirg‘iziston (106) egalladi.

2020 yilda sayyohlar uchun eng xavfli mamlakatlar uchligiga Markaziy Afrika Respublikasi, Kongo Demokratik Respublikasi va Janubiy Sudan kiritildi.


Maqola muallifi

Teglar

xalqaro reyting Sayyoh

Baholaganlar

92

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing