O‘zbekiston xalqaro Qur’on, azon va hadis musobaqalarida o‘z mukofotini joriy qiladi

Jamiyat

image

2021 yildan boshlab dunyo bo‘ylab o‘tkaziladigan Qur’on, azon va hadis musobaqalarida O‘zbekiston nomidan “Imomlar yurtiga sayohat” mukofoti joriy qilinadi.

Bu haqda “O‘zbekiston Respublikasida ziyorat turizmini yanada rivojlantirish va ziyoratchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni loyihasida belgilab qo‘yilmoqda.

Mazkur hujjat loyihasi bilan uzoq xorij va qo‘shni respublikalardan xorijiy ziyoratchi sayyohlarni qabul qilish va ularga qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ham ishlab chiqilib, unda Ziyorat turizmi yo‘nalishida xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari hal qilinadi.

Shuningdek, 2021 yil avgust oyiga qadar Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va  Tashqi ishlar vazirligi Dunyo bo‘ylab o‘tkaziladigan Qur’on hofizlari va Hadis talabalari musobaqalari g‘oliblari o‘rtasida grand-finalni O‘zbekistonda tashkil etish bo‘yicha Hukumat farmoyishi loyihasini ishlab chiqadilar.


Maqola muallifi

Teglar

Qur'on

Baholaganlar

125

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing