O‘zbekiston “Kelajak o‘yinlari”da ishtirok etadi

Sport

image

Joriy yilning 21 fevral - 3 mart kunlari Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida tarixda ilk bor “Kelajak o‘yinlari” xalqaro kompleks musobaqasi bo‘lib o‘tadi. 100 dan ortiq mamlakatdan 2 mingga yaqin sportchi ishtirok etishi ko‘zda tutilgan sport tadbirida O‘zbekiston delegatsiyasi ham qatnashadi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, bahslar 21 ta innovatsion yo‘nalish bo‘yicha (16 ta asosiy va 5 ta kengaytirilgan dastur) o‘tkaziladi. Ularning har biri “fijital” (jismoniy va raqamli) tushunchasini ifodalaydi, ya’ni jismoniy harakat va kibersportni birlashtiradi. G‘olib sportchilarning har ikki dasturdagi natijalarining yig‘indisiga ko‘ra aniqlanadi.

Ushbu xalqaro musobaqada O‘zbekiston sharafini virtual velosport, sport dasturlash, fijital-xokkey va fijital-poyga kabi 4 ta sport turidagi sportchilar himoya qilishadi.

O‘zbekiston vakillari mazkur bellashuvlarga tayyorgarlikni turli mamlakatlarda olib bormoqda. Jumladan, xokkeychilar Rossiyada, velosportchilar esa Turkiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazyapti.

Musobaqada birinchi bo‘lib ishtirokini boshlaydigan O‘zbekiston fijital-xokkey jamoasi 14 fevral kuni Qozonga yetib boradi. Delegatsiyaning asosiy qismi esa 20 fevral sanasida Tataristonga borib, 21 fevralga belgilangan ochilish marosimida qatnashadi. Nisbatan keyinroq bahslarga kirishadigan fijital-velosport jamoasi 22 fevral kuni Turkiyadan to‘g‘ri Qozon shahriga yo‘l oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya O'zbekiston Kelajak o'yinlari fijital

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing