O‘zbekiston kartoshka importi bo‘yicha oxirgi 20 yillikdagi rekordni o‘rnatdi 

Jamiyat

image

2021 yil yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonga 35,4 million dollarlik 310 ming tonna kartoshka import qilingan, bu oxirgi 20 yillikdagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Bu haqda “EastFruit” xabar bergan.  

Ta’kidlanishicha, kartoshka importining ko‘payishi ichki bozorda narxlar barqarorligiga yordam bergan. Yanvar-iyul oylarida kartoshka importi bo‘yicha oldingi rekord 2020 yilda qayd etilgan. 

Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning 7 oyida kartoshka importi o‘tgan yilgi importdan 79,1 ming tonnaga yoki 34 foizga oshgan. 

Joriy yil yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonga import qilingan kartoshkaning deyarli butun hajmi (99,7 foiz) olti mamlakatdan yetkazib berilgan: 

• Eron - 119 ming tonna (umumiy importning 38,5 foizi); 

• Qozog‘iston - 85,0 ming tonna (27,4 foiz); 

• Pokiston - 75,5 ming tonna (24,4 foiz); 

• Qirg‘iziston - 16,8 ming tonna (5,4 foiz); 

• Niderlandiya - 8,1 ming tonna (2,6 foiz); 

• Rossiya - 4,2 ming tonna (1,4 foiz). 

• Qolgan mamlakatlar - 1 ming tonna (0,3 foiz). 

Qayd etilishicha, O‘zbekistondan kartoshka eksporti deyarli bo‘lmagan. Respublika Bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yil yanvar oyining boshidan 2021 yil iyul oyining oxirigacha, ya’ni 1,5 yildan ko‘proq vaqt davomida kartoshka eksportining umumiy hajmi atigi 2,9 ming tonnani tashkil qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

kartoshka

Baholaganlar

129

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing