O‘zbekiston Kanadani yirik hisobda mag‘lub etdi

Sport

image

Indoneziyada o‘tayotgan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionati 2-turida O‘zbekiston Kanadaga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvda Jaloliddin Rahmatullayev murabbiyligidagi o‘smirlar jamoasi raqiblaridan 3:0 hisobida ustun keldi.

“Manahan” stadionida o‘tgan o‘yinning dastlabki goli avtogol sifatida qayd etildi. Unga bahsning 22-daqiqasida Richard Chukvu mualliflik qildi. 27-daqiqada esa Amirbek Saidov hisobni ishonli ko‘rinishga olib keldi – 2:0.

Uchrashuvning ikkinchi bo‘limida o‘zbekistonlik futbolchilar raqib darvozasiga yana 1 ta to‘p kiritdi. 81-daqiqada kanadalik himoyachi va darvozabonning xatosidan unumli foydalangan Amir Saidov bo‘sh darvozani mo‘ljalga olib, hisobni 3:0 ga o‘zgartirib qo‘ydi. Shu tariqa O‘zbekiston futbolchilari yirik hisobdagi g‘alabani rasmiylashtirdi.

Bu orqali O‘zbekiston 3 ochko bilan guruhda 3-o‘rinni egallab turibdi. Ispaniya 6 ochkoga ega bo‘lsa, Mali 3 ochko va O‘zbekiston bilan o‘zaro o‘yindagi hisob nisbatiga ko‘ra 2-o‘rinda bormoqda.

Ma’lumot uchun, Jalodiddin Rahmatullayev shogirdlari navbatdagi o‘yini Ispaniyaga qarshi o‘tkazadi. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 10 noyabr kuni O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi U-17 Jahon chempionatidagi ishtirokini omadsiz boshlagan edi. O‘sha kuni ular Mali vakillariga 3:0 ko‘rinishdagi hisob bilan mag‘lubiyatga uchradi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston jahon chempionati Indoneziya U-17 Kanadani

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing