O‘zbekiston Qozog‘istonga suv yetkazib berish hajmini 16 mlrd kubometrgacha oshiradi

Olam

image

O‘zbekiston Qozog‘istonga 2025 yil 1 oktyabrga qadar 16 milliard kubometr suv jo‘natadi. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi va irrigatsiya vazirligi ma’lum qildi .

Bildirilishicha, bu o‘tgan suv xo‘jaligi yiliga nisbatan 1 milliard kub metr ko‘pdir. 2023 yilning oktyabridan 2024 yilning oktyabrigacha Qozog‘istonga 15 mlrd kubometr suv yetkazib berilgan. O‘zbekiston tomoni 2025 yilgi sug‘orish mavsumida Do‘stlik kanali orqali barqaror suv ta’minotini ham ta’minlashga ko‘maklashadi.

“Muhokama qilinadigan yana bir mavzu Sirdaryoda suvni hisobga olishni avtomatlashtirish bo‘ldi. Biz ilgari har bir mamlakatda bunday tizimlar o‘rnatiladigan dastlabki 10 ta 5 ta nuqtani belgilab oldik. Bugun biz loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish uchun texnik shartlarni kelishib oldik. Fevral oyida xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirokida qo‘shma ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi, unda kelgusidagi hamkorlikdagi harakatlar muhokama qilinadi”, dedi Suv xo‘jaligi va irrigatsiya vaziri Nurjan Nurjigitov.

Bundan tashqari, vazirlar Qozog‘istonning Turkiston viloyati va O‘zbekistonning Jizzax viloyati fermerlarining suv ta’minotini yaxshilash imkonini beruvchi davlatlararo kanallarda ta’mirlash ishlarini birgalikda olib borishga kelishib oldilar.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Qozog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi va irrigatsiya vazirligi Orol dengiziga rekord miqdorda suv yo‘naltirilishini ma’lum qilgandi. 2024 yil oktyabr oyidan joriy yilning yanvarigacha Shimoliy Orol dengiziga 1 milliard kub metr suv jo‘natildi. Bu avval rejalashtirilgan hajmdan 100 million kub metrga ko‘pdir. Markaziy Osiyo davlatlari bilan erishilgan kelishuvlar tufayli 2025 yil mart oyi oxirigacha Shimoliy Orolga jami 1,6 milliard kub metr suv jo‘natiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston O'zbekiston suv

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing