O‘zbekiston Qozog‘istonga insonparvarlik yordami yubordi
Olam
−
08 iyun 2020
5034Kecha, 7 iyun kuni O‘zbekiston Qozog‘istonning Turkiston viloyatiga insonparvarlik yordami yubordi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘i bilan uchta yuk mashinasida tibbiy niqob, himoya vositalari qo‘shni davlatga yetkazildi. Bu haqda “Kazinform” xabar berdi.
Turkiston viloyati hokimining o‘rinbosari Saken Kalkamanov mintaqa aholisi nomidan minnatdorlik bildirdi. Uchrashuv davomida O‘zbekistonning Qozog‘istondagi favqulodda va muxtor elchisi Saidikrom Niyozxo‘jayev favqulodda vaziyatlarda qardosh xalqlar bir-birini qo‘llab-quvvatlashi kerakligini ta’kidlab o‘tdi.
O‘zbekiston yuborgan yordam 150 ming tibbiy niqob, 2500 himoya kostyumi, 150 ming tibbiy qo‘lqop, 1000 ta termometr va bemorlar uchun 440 ta karavotdan iborat. Ushbu yordam Turkiston viloyati tibbiyot muassasalariga tarqatiladi.
LiveBarchasi