O‘zbekiston Qozog‘istonga 4 milliard kub metr suv yo‘naltirdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 1 aprelidan buyon O‘zbekiston Qozog‘istonga Sirdaryo orqali 3,9 milliard kub metr suv yo‘naltirdi. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi va irrigatsiya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Suv xo‘jaligi va irrigatsiya vaziri Nurjan Nurjigitov O‘zbekiston bilan olti oy ichida Qozog‘istonga Sirdaryo orqali 3,7 milliard kub metr suv jo‘natish bo‘yicha kelishuvga erishgan. O‘zbekiston tomoni belgilangan hajmdagi suvni 4 oy ichida jo‘natgan.

Sug‘orish davri yakuniga qadar O‘zbekiston Qozog‘istonga 1 milliard kub metrga yaqin suv jo‘natishi kutilmoqda. Bildirilishicha, bu ishlarning barchasi Qozog‘istonning janubiy viloyatidagi fermerlarning ehtiyojini qondirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

O‘z navbatida, Qozog‘istondagi “Shardara” suv omboriga Sirdaryoning quyi oqimidan 3,6 milliard kub metr suv yo‘naltirilgan. Bu bir yil oldingiga nisbatan 950 million kub metrga ko‘pdir. Shuningdek, Qizilqum kanaliga 700 million kub metrdan, Shimoliy Orol dengiziga 400 million kub metrdan ortiq suv yuborilgan.

“Qo‘shni davlat bilan olib borilgan muzokaralar va “To‘qto‘g‘ul” suv ombori va “Bahri-Tojik” suv omborining ish jadvallari bo‘yicha dastlabki kelishuvimiz tufayli Do‘stlik davlatlararo kanalining Qozog‘iston qismiga suv to‘xtovsiz oqmoqda. Ayni paytda kanal orqali mamlakatimizga sekundiga 90 kub metr suv yo‘nalmoqda. Bu Turkiston viloyati dehqonlarini sug‘orish suvi bilan ta’minlash uchun yetarli”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston O'zbekiston suv

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made