O‘zbekiston Qozog‘istondan rekord miqdorda bug‘doy sotib oldi

Jamiyat

image

Joriy yil g‘alla mavsumi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Qozog‘istondan rekord miqdorda bug‘doy import qildi. Bu haqda "Trend" nashri xabar berdi.

Joriy davrda O‘zbekiston 3,889 mln tonna bug‘doy sotib olgan bo‘lsa, o‘tgan g‘alla mavsumida bu raqam "atigi" 2,591 mln tonnani tashkil etgan.

Shu tariqa, O‘zbekiston Qozog‘iston bug‘doyining qariyb yarmini sotib olgan.

O‘tgan mavsumda O‘zbekistonning g‘alla importidagi ulushi atigi 45 foizni tashkil etgan edi. Bu esa so‘nggi besh yillik don mavsumidagi eng yuqori darajadir.

Chamalab ko‘ravering, o‘tgan yilning avgust oyida Qozog‘istondan O‘zbekistonga 117,44 ming tonna bug‘doy yetkazib berilgan bo‘lsa, joriy yilning avgust oyida  bu ko‘rsatkich 277,15 ming tonnaga yetgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qishloq xo‘jaligi vazirligi O‘zbekiston g‘alla hosildorligi bo‘yicha mamlakatlar reytingida 8-o‘rinni egallaganini ma’lum qilgan edi.

Akobir Sayidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

O'zbekiston bug'doy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing