O‘zbekiston g‘alla yetishtirish bo‘yicha yetakchi davlatlardan biri bo‘ldi
Jamiyat
−
25 Sentabr 2023
13010O‘zbekiston g‘alla hosildorligi bo‘yicha mamlakatlar reytingida 8-o‘rinni egalladi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.
Gektariga g‘alla yetishtirilishi bo‘yicha tuzilgan umumjahon reytingida birinchi o‘rinni 100,8 s/ga ko‘rsatkich bilan Irlandiya, ikkinchi o‘rinni Yangi Zelandiya (97,1 s/ga) va uchinchi o‘rinni Buyuk Britaniya (78,1 s/ga) egallagan.
O‘zbekiston 48,2 s/ga natija bilan sakkizinchi o‘rinni egallab, yetakchi o‘ntalikdan joy olgan.
Top-10ga kiruvchi mamlakatlar:
- Irlandiya – 100,8 s/ga;
- Yangi Zelandiya – 97,1 s/ga;
- Buyuk Britaniya – 78,1 s/ga;
- Germaniya – 73,0 s/ga;
- Fransiya – 69,3 s/ga;
- Misr – 64,5 s/ga;
- Xitoy – 58,1 s/ga;
- O‘zbekiston – 48,2 s/ga;
- Ukraina – 45,3 s/ga;
- Janubiy Afrika – 43,1 s/ga.
Akobir Sayidov
LiveBarchasi
Trenddagilar

O‘zgidromet shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
42683
11 aprel

Toshkent viloyatida betonchi 21 oy davomida maosh olmadi
24742
13 aprel

Ertaga ko‘p joylarda yomg‘ir yog‘adi
23530
12 aprel