O‘zbekiston g‘alla yetishtirish bo‘yicha yetakchi davlatlardan biri bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston g‘alla hosildorligi bo‘yicha mamlakatlar reytingida 8-o‘rinni egalladi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.

Gektariga g‘alla yetishtirilishi bo‘yicha tuzilgan umumjahon reytingida birinchi o‘rinni 100,8 s/ga ko‘rsatkich bilan Irlandiya, ikkinchi o‘rinni Yangi Zelandiya (97,1 s/ga) va uchinchi o‘rinni Buyuk Britaniya (78,1 s/ga) egallagan.

O‘zbekiston 48,2 s/ga natija bilan sakkizinchi o‘rinni egallab, yetakchi o‘ntalikdan joy olgan.

Top-10ga kiruvchi mamlakatlar:

  • Irlandiya – 100,8 s/ga;
  • Yangi Zelandiya – 97,1 s/ga;
  • Buyuk Britaniya – 78,1 s/ga;
  • Germaniya – 73,0 s/ga;
  • Fransiya – 69,3 s/ga;
  • Misr – 64,5 s/ga;
  • Xitoy – 58,1 s/ga;
  • O‘zbekiston – 48,2 s/ga;
  • Ukraina – 45,3 s/ga;
  • Janubiy Afrika – 43,1 s/ga.

Akobir Sayidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

O'zbekiston Qishloq xo'jaligi vazirligi g'alla etakchi davlatlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing