O‘zbekiston Qozog‘iston va Tojikiston bilan chegaralarni ochdi
Jamiyat
−
16 mart 2022
9532Bugun, 16 martdan O‘zbekiston Respublikasining Tojikiston Respublikasi bilan chegarasida joylashgan o‘tkazish punktlari faoliyati qayta tiklanadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi qarorida belgilandi.
Komissiya yig‘ilishida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida xalqaro yo‘lovchi poyezdlar qatnovlarini hamda avtobus yo‘nalishlarida parritet asosida yo‘lovchi tashish faoliyatini karantin talablariga qat’iy rioya etgan holda qayta tiklanishi ma’lum qilindi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasiga kirish uchun xorijiy fuqarolarga elektron vizani rasmiylashtirish va berish tizimi (E-VISA) faoliyati qayta tiklanib, tez kunda ishga tushiriladi hamda xorijiy davlatlardan kelayotgan sayyohlarga tezkor va sifatli ma’lumot almashinuvi bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha Call markazi faoliyati yo‘lga qo‘yiladigan bo‘ldi.
LiveBarchasi