O‘zbekiston-Qozog‘iston davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi
Jamiyat
−
22 dekabr 2022
6466O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing o‘tkazdi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev bo‘lib o‘tgan muzokaralar ikki tomonlama munosabatlarni har tomonlama rivojlantirish va boyitish, ularga sifat jihatidan yangi amaliy mazmun berishga tayyorligini yana bir bor tasdiqlaganini ta’kidladi.
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida jami 8 mlrd dollarlik shartnomalar imzolandi.
Qabul qilingan hujjatlar orasida mamlakatlar o‘rtasidagi chegaralarning huquqiy rasmiylashtirilishini to‘liq yakuniga yetkazgan O‘zbekiston-Qozog‘iston davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi shartnoma juda muhim hisoblanadi.
“Bu chinakam tarixiy voqea. Hech shubhasiz, chegaralarimiz doimo haqiqiy do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik hududi bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi”, dedi O‘zbekiston Prezidenti.
Bundan tashqari, Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomaning imzolangani tashrifning eng muhim natijasi bo‘ldi.
Shuningdek, davlat rahbarlari darajasidagi Davlatlararo kengash tuzilmoqda.
“Bu bilan bir-birimizni faol qo‘llab-quvvatlashga, zamon xatarlari oldida yelkama-yelka qat’iy turishga tayyorligimizni tasdiqladik”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Sohiba Komilovna
LiveBarchasi