O‘zbekiston Qozog‘iston bilan chegara masalasida muzokara o‘tkazdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 18-22 noyabr kunlari Nukus shahrida O‘zbekiston-Qozog‘iston Qo‘shma demarkatsiya komissiyasida O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi hukumatlari delegatsiyalarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasining Qoraqalpog‘iston hamda Navoiy viloyati va Qozog‘iston Respublikasining Aqtobe, Qizilo‘rda, Mang‘istau viloyatlatlari o‘rtasidagi uchastkalardagi Davlat chegarasi demarkatsiyasi bo‘yicha yakuniy hujjatlar loyihalari tayyorlandi.

Komissiya 2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi hukumatlari delegatsiyalarining yig‘ilishlari reja-jadvalini tasdiqladi.


Maqola muallifi

Teglar

chegara O'zbekiston-Qozog'iston

Baholaganlar

58

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing