O‘zbekiston Qorabog‘dagi saylovlarni tan olmaydi – TIV
Jamiyat
−
11 Sentabr 2023
10084Joriy yilning 9 sentyabr kuni (tan olinmagan) Tog‘li Qorabog‘da “prezident saylovi” bo‘lib o‘tdi. Ko‘pchilik davlatlar qatori O‘zbekiston ham bu saylovlarni tan olmadi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi.
“O‘zbekiston Respublikasi do‘st Ozarbayjon Respublikasining suvereniteti va hududiy yaxlitligini qat’iy qo‘llab-quvvatlaydi, uning ichki ishlariga har qanday aralashuvni qoralaydi va 2023 yil 9 sentyabr kuni Qorabog‘da o‘tkazilgan qo‘shtirnoq ichidagi prezident saylovlarini tan olmaydi”, deyiladi TIV bayonotida.
Ma’lumot uchun, (tan olinmagan) Tog‘li Qorabog‘ parlamenti 9 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari yig‘ilishda “yangi prezident” sifatida 45 yoshli Samvel Shahramanyanni saylagan. Yopiq ovoz berishda 23 nafar deputat qatnashgan, ulardan 22 nafari Shahramanyan nomzodini yoqlab, bir nafari qarshi ovoz bergan.
Mazkur saylovni Yevropa Ittifoqi, Turkiy tilli davlatlar parlament assambleyasi, Gruziya va Moldova ham tan olmagan.
LiveBarchasi