O‘zbekiston Qobuldagi yangi hukumat bilan aloqa o‘rnatishga tayyor. Toliblar-chi?
Jamiyat
−
08 Sentabr 2021
11224Avvalroq rasmiy Toshkent Afg‘onistonda “Tolibon” muvaqqat hukumat tuzganini olqishlagani haqida xabar bergandik.
Shundan so‘ng “Tolibon” O‘zbekistonning Qobuldagi yangi hukumat bilan aloqa o‘rnatishga tayyorligini e’tirof etdi. Bu haqda harakat yetakchilaridan biri Anas Haqqoniy o‘zining Twitter sahifasida yozdi.
“Biz O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining Afg‘oniston muvaqqat hukumati tomon tashlagan ijobiy qadamni qadrlaymiz”, deya qayd etdi Anas Haqqoniy.
Shuningdek, xabarda Afg‘oniston qo‘shnilar, shu jumladan mintaqaviy davlatlar va xalqaro hamjamiyat bilan o‘zaro hurmat, umumiy manfaatlar, hamkorlik va diplomatiya me’yorlariga asoslangan samimiy munosabatlarni xohlashi aytilgan.
LiveBarchasi