O‘zbekiston Qirg‘izistonga harbiy vertolyot berdi
Jamiyat
−
23 Oktabr 2023
14879Qirg‘iziston O‘zbekistondan ikkita Mi-8MTV harbiy-transport vertolyotini oldi. Ulardan biri beg‘araz yordam sifatida topshirilgan bo‘lsa, ikkinchisi esa ta’mirlab berilgan.
Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov ijtimoiy tarmoqlarda 2021 yilda O‘zbekiston Qirg‘izistonga Mi-8MTVni tekinga, yordam sifatida taqdim etgani haqida post qoldirgan edi. Ayni paytda Qirg‘iziston Mudofaa vazirligi o‘zbekistonlik hamkasblaridan ana shu vertolyotni ta’mirlash uchun ko‘mak so‘radi (xarajatlarni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoplagan).
Yaqinda ushbu vertolyot Bishkekka yetkazildi va parvozga to‘liq tayyorligi ma’lum qilindi.
Japarov bu boradagi yordami uchun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirgan.
"Bularning barchasi, albatta, O‘zbekiston Prezidenti, muhtaram Shavkat Mirziyoyevning qo‘llab-quvvatlashi va nazorati bilan amalga oshdi. Shu munosabat bilan men Shavkat Miromonovichga chuqur minnatdorlik bildiraman", deb yozgan Qirg‘iziston Prezidenti.
Eslatib o‘tamiz, 13 oktyabr kuni Bishkek shahrida bo‘lib o‘tgan MDH davlat rahbarlarining sammitida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining Faxriy ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan edi.
LiveBarchasi