O‘zbekiston Qirg‘izistonga 95 tonna insonparvarlik yordamini yubordi
Jamiyat
−
04 iyul 2024
9100Kecha, 3 iyul kuni O‘zbekiston Qirg‘izistonning seldan zarar ko‘rgan hududlari uchun insonparvarlik yordamini yubordi. Bu haqda Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Bildirilishicha, O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari Sanjarbek Zuparov boshchiligidagi delegatsiya hamrohligida 95 tonnalik yuk qo‘shni mamlakatga yetkazib berilgan.
Qayd etilishicha, insonparvarlik yordami tarkibida un, o‘simlik moyi, shakar, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqalar mavjud.
Eslatib o‘tamiz, 30 iyun kuni Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan sel oqibatida 9 kishi, jumladan, bolalar halok bo‘lgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi