O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston Bosh vazirlari uchrashdi

Jamiyat

image

Bugun, 8 yanvar kuni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov, Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi Odilbek Qosimaliyev  va Tojikiston Bosh vaziri Qohir Rasulzodaning uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, uchrashuv uch davlat chegaralari – Qirg‘izistonning Botken, O‘zbekistonning Farg‘ona va Tojikistonning So‘g‘d viloyati tutashgan hududda bo‘lib o‘tgan. Tomonlar uchrashuv davlat rahbarlari o‘rtasida avval erishilgan davlat chegaralari bo‘yicha kelishuvlar doirasida o‘tkazilganini qayd etgan.

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston  Bosh vazirlari mamlakatlar o‘zaro savdo, logistika, suv-energetika va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish yo‘nalishlarida hamkorlikni kuchaytirish salohiyatiga ega ekanini ta’kidladlagan. Ularning fikricha, chegaradosh hududlar va mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish hamkorlikning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.

Bundan tashqari, uchrashuvda Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi davlat chegarasining delimitatsiya jarayoni yakunlangani va “Qirg‘iziston-O‘zbekiston davlat chegarasi to‘g‘risidagi bitim” bo‘yicha ratifikatsiya guvohnomalari almashilgani qayd etilgan.

Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi davlat chegarasiga oid 2024 yil 4 dekabrda imzolangan kelishuvda esa Qirg‘iziston-Tojikiston davlat chegarasining hali tasdiqlanmagan qismlarini belgilash jarayonini yakunlash muhimligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston hukumat rahbarlari uch davlat chegarasi tutashgan joyda umumiy chegaralar bo‘yicha uchrashuv o‘tkazishi xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston O'zbekiston Qirg'iziston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing