O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan xavfsizlik bo‘yicha Protokol imzoladi
Jamiyat
−
17 mart 2023 4254 1 daqiqa
O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan Maslahatlashuv Protokolini imzoladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Toshkentda tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati va Qirg‘iz Respublikasi Xavfsizlik kengashi kotibiyati o‘rtasidagi maslahatlashuvning ikkinchi davrasi yakunlangan.
Maslahatlashuv davomida xalqaro terror, ekstremizm, transmilliy uyushgan jinoyatchilik, giyohvand moddalar noqonuniy aylanmasi singari mintaqaviy xavfsizlik bilan bog‘liq tahdid, xavf-xatarlarga qarshi kurash bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish masalasi ko‘rilgan.
Tomonlar konstruktiv hamkorlikni bundan keyin ham qo‘llab-quvvatlashga sodiqligini, xavfsizlik sohasidagi O‘zbekiston-Qirg‘iziston sherikligini, jumladan, shartnomaviy-huquqiy bazani mustahkamlash, birgalikdagi amaliy sa’y-harakatlar mexanizmini muvofiqlashtirish orqali rivojlantirishga qat’iy tayyor ekanligini tasdiqlagan.
Uchrashuv yakunida xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirishga qaratilgan aniq yo‘nalishlar, chora-tadbirlar belgilangan Maslahatlashuv Protokoli imzolangan.
Javohir Qadamov
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025