Kurs UZS

USD

12 973.31

12.93

EUR

14 329.02

176.29

RUB

151.19

-0.73

O‘zbekiston qidirayotgan shaxs Rossiyada ushlandi

3-sahifa

image

O‘zbekistonda jinoyat sodir etib, yashiringani uchun qidiruvga berilgan shaxs Rossiyada qo‘lga olindi. Bu haqda Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani Soktari mahallasida ro‘yxatda turuvchi N.N. Jinoyat kodeksining 105-moddasi (Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilib, tergovdan yashiringan. Shu sababli, u G‘ijduvon tumani IIB tomonidan qidiruvga berilgan.

Buxoro viloyati IIB xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv ishlari natijasida mazkur shaxs Rossiya poytaxti Moskva shahrida qo‘lga olinib, O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingan va Tergov hibsxonasiga joylashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ozarbayjon qidiruvda bo‘lgan 30 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Arslon Xolmirzayevni rasmiy Toshkentga topshirgan edi. Arslon  Xolmirzayev firibgarlik yo‘li bilan katta miqdorda zarar yetkazishda ayblanib, xalqaro qidiruvda bo‘lgan. U 2025 yil yanvar oyida Ozarbayjonda qo‘lga olingan, shundan so‘ng sud unga qamoqda saqlash chorasi qo‘llanishi bo‘yicha qaror chiqargan. Ekstraditsiya Ozarbayjon Adliya vazirligi Jazoni ijro etish xizmati kolonnasi hamrohligida amalga oshirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya jinoyat O'zbekiston ekstraditsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing