O‘zbekiston iyunda oltin zaxirasini qanchaga ko‘paytirgani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Jahon oltin kengashining so‘nggi hisob-kitoblariga ko‘ra, joriy yilning iyun oyida dunyo bo‘yicha Markaziy banklar o‘z oltin zaxiralarini 59 tonnaga ko‘paytirgan.

O‘zbekiston Markaziy banki o‘z zaxiralarini 8,7 tonna oltin bilan to‘ldirgan. Umuman olganda mamlakatning bosh banki apreldan beri har oy o‘rtacha 9 tonna oltin xarid qilgan. O‘zbekiston umumiy zaxirasining 60 foizini oltin tashkil etishi ta’kidlangan.

Iyunda Iroq Markaziy banki eng ko‘p 34 tonna oltin sotib olgan. Bu 2018 yilda 7 tonna oltin sotib olinganidan beri zaxiralarning ilk bor ko‘paytirilishi bo‘lgan. Hozirda Iroqning oltin zaxirasi 130 tonnaga teng.

Turkiya ham o‘z zaxiralarini oltin bilan to‘ldirib bormoqda. O‘tgan oy Turkiya banki o‘z zaxiralariga 7,7 tonna oltin qo‘shdi. Birgina joriy yilning birinchi choragida Turkiya markaziy banki o‘z oltin zaxiralarini 37 tonnaga ko‘paytirdi. Hozir u 455 tonnadan ortiq oltinga egalik qiladi, bu uning zaxira aktivlarining deyarli 30 foiziga teng.

Iyun oyida Qozog‘iston Markaziy banki oltin zaxiralarini 4,2 tonnaga oshirdi. Shuningdek, Hindiston – 3,7 tonna, Bangladesh – 0,1 tonna, Chexiya – 0,5 tonna, Meksika – 0,1 tonna va Mo‘g‘uliston – 0,1 tonna oltin sotib oldi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston joriy yilning ikkinchi choragida eng yirik oltin sotib oluvchilar qatoridan joy oldi va zaxiralarini 26,44 tonnaga ko‘paytirdi.


Maqola muallifi

Teglar

oltin

Baholaganlar

210

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing