O‘zbekiston iyulda oltin sotish bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘ldi
Jamiyat
−
08 Sentabr 2020
11656O‘zbekiston 2020 yilning iyul oyida 11,6 tonna oltin eksport qilib, dunyo mamlakatlari orasida oltin sotish bo‘yicha mutlaq yetakchiga aylandi. Bu haqda Jahon oltin kengashi xabar berdi.
Kengash ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston iyul oyida 11,6 tonna oltin sotdi, shu bilan oltinning respublika eksportidagi ulushi 39,8 foizga yetdi.
Ikkinchi o‘rinni 6,1 tonna sotgan Mo‘g‘uliston egallagan. Rossiya va Germaniyaning har biri 0,5 tonnadan oltin eksport qilgan.
Oltin xarid qilish bo‘yicha Turkiya birinchi o‘rinni egallab kelmoqda. Jahon oltin kengashining taxminlariga ko‘ra, Turkiya 19,4 tonna oltin xarid qilgan. Qatarning oltin zaxirasi 3,1 tonnaga, Hindistonda 2,8 tonnaga, Qozog‘istonda 1,9 tonnaga, Ukrainada esa 0,3 tonnaga ko‘payganligi ko‘rsatilgan.
Iyul oyida jahon bozorida bir gramm oltinning o‘rtacha narxi 58 dollarni tashkil etgan. Oy davomida 17,7 tonna oltin sotilgan. Bugungi kunda oltinning bozordagi narxi deyarli 62 dollarni tashkil qilmoqda.
Avgust oyining boshida bir unsiyasi (1 unsiya 28,35 grammga teng) oltin narxi tarixiy rekord darajada ko‘tarilib, 2000 dollardan oshgan edi.
O‘zbekistonda so‘nggi yillarda oltin eksporti o‘sib kelmoqda. Masalan, 2015 yilda O‘zbekiston oltin eksportidan 823,9 million dollar, 2016 yilda 738,2 million dollar, 2017 yilda 1,6 milliard dollar, 2018 yilda esa 3,4 milliard dollar foyda ko‘rgan.
LiveBarchasi