O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha xalqaro indeksda yuqorilaganmish. Sezdingizmi?

Jamiyat

image

Ookla kompaniyasining Speedtest.net servisi internet tezligi bo‘yicha 2021 yil yanvar oyi natijalariga oid yangi ma’lumotlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda shisha tolali va mobil internet tezligi bo‘yicha o‘sish qayd etildi.

Unga ko‘ra, shisha tolali internet tezligi (Fixed Broadband) bo‘yicha O‘zbekiston umumiy reytingida ikkita pozitsiyaga ko‘tarilib, 94-pog‘onani egallamoqda. Yuklash bo‘yicha tezligi esa 34,62 Mbit/s ni tashkil etdi.

Mobil internet tezligi bo‘yicha ham ijobiy ko‘rsatkich qayd etildi. O‘zbekiston yana ikkita pog‘onaga ko‘tarilib, hozirgi kunda 128-pozitsiyani egallamoqda. Mobil internet tezligi esa 12,94 Mbit/s ni tashkil etdi.

O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi ikki yilda O‘zbekistonda internet tezligi 3 baravarga – 10,89 Mbit/s dan 34,26 Mbit/s gacha o‘sgan. Bu borada umumjahon reytingida esa 2020 yil boshida 104-o‘rindan 94-o‘ringacha ko‘tarilgan.

Qayd etish kerakki, O‘zbekistonda internet tezligini yaxshilash masalasi doimiy muhokama mavzusi hisoblanadi. Rasmiylar internet tezligi ko‘tarilganini ta’kidlaydi. Ammo iste’molchilar o‘zgarishni sezmaganini aytib, norozilik bildiradi.


Maqola muallifi

Teglar

internet tezligi

Baholaganlar

532

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing