O‘zbekiston internet narxi reytingida 15-o‘rinni egalladi

Texnologiya

image

O‘zbekiston internet narxi bo‘yicha dunyo reytingida 233 davlat orasidan 15-o‘rinni egalladi. Reyting Cable.co.uk sayti tomonidan tuzilgan.

Reytingda O‘zbekistondagi eng arzon internet 1GB – 0,12 sent ekani, eng qimmati esa 1GB – 2,73 dollar ekani ko‘rsatilgan. O‘rtacha narx 0,37 sentga teng.

O‘zbekistonning qo‘shnilari: Qozog‘iston – 16-o‘rin, Qirg‘iziston – 6-o‘rin, Tojikiston –131-o‘rin, Turkmaniston – 227-o‘rin va Afg‘oniston 64-o‘rinni band qilgan.

Reytingda birinchi o‘rin Isroilga (eng arzon internet 1GB – 0,02 sent) nasib qilgan. Undan keyin Italiya (0,05 sent) va San-Marino (0,08 sent) bormoqda.

Oxirgi o‘rinlardan Santa Yelena (233-o‘rin, 1GB trafik 39,73 dollar), Folklend orollari (232-o‘rin, 1GB trafik 25,63 dollar) va San-Tome i Prinsipi (231-o‘rin, 13,27 dollar) joy olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

683

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing