O‘zbekiston ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha dunyoda juda past natija qayd etdi

Jamiyat

image

Dunyoda ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha mamlakatlar reytingida O‘zbekiston 111 mamlakat ichida 89-o‘rinni egalladi. Bu haqda Education First xalqaro ta’lim markazi ma’lum qildi.

Ushbu statistikada barcha davlatlar tilni bilish darajasiga ko‘ra 5 toifaga bo‘lingan. O‘zbekiston 446 ball to‘plagan holda juda past ko‘rsatkichga ega davlatlar qatoriga kirgan. 

Shu bilan birga, Markaziy Osiyo davlatlari orasida O‘zbekiston eng yaxshi natijani ko‘rsatgan. Unda Qirg‘iziston 91 (442 ball), Qozog‘iston – 99 (420 ball), Tojikiston – 106 (397 ball) o‘rinni egallagan.

Poytaxtlar bo‘yicha Toshkent juda past ko‘rsatkichli guruhga tushib qolgan bo‘lsa, Ostona va Bishkek aholisi yuqoriroq natija ko‘rsatgan.

Ingliz tilini juda yuqori darajada biladigan 13 mamlakat guruhida Yevropaning deyarli barcha mamlakatlari – Niderlandiya 661 ball bilan peshqadamlik qilmoqda, Singapur (642 ball) va Avstriya (628 ball) uchinchi o‘rinda.

Oxirgi o‘rinlarda esa Kongo Demokratik Respublikasi va Laos qayd etilgan.

Ma’lumot uchun, EF English Proficiency Index (EF EPI) kattalar o‘rtasida ingliz tilini bilish darajasini o‘lchaydi va ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha mamlakatlarni joylashtiradi. U 100 ta mamlakat va mintaqadagi 2,1 million kishini sinovdan o‘tkazishga asoslangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

242

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing