O‘zbekiston “India’s Best Awards – 2019” g‘olibi bo‘ldi
Jamiyat
−
18 noyabr 2019
3557O‘zbekiston Hindistonda bo‘lib o‘tgan “India’s Best Awards – 2019” turizm tadbirining “Madaniy-tarixiy meros bo‘yicha eng yaxshi turistik yo‘nalish” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. Bu haqda Turzimni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ma’lum qildi.
“India’s Best Awards – 2019” tadbiri “Travel+Leisure” yetakchi xalqaro turistik jurnalining Hindistondagi vakolatxonasi tomonidan o‘tkazildi. Mukofotlar xorijiy davlatlar hamda Hindiston shtatlari bo‘yicha 50 nominatsiya bo‘yicha topshirildi. “Eng yaxshi oilaviy sayohat”, “Asal oyi uchun eng yaxshi yo‘nalish”, “To‘y uchun eng yaxshi yo‘nalish”, “Eng yaxshi kurort-otel” kabilar shular jumlasidandir.
G‘oliblar jurnal o‘quvchilari hamda uning ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilari tomonidan onlayn ovoz berish orqali aniqlandi. Ta’kidlash joizki, «Travel+Leisure» jurnali AQSH, Avstraliya, Xitoy, Yevropa va Janubi-Sharqiy Osiyo, shuningdek ko‘plab boshqa davlatlarda chop etiladi.
Tadbir doirasida mazkur jurnal muharriri Ayndrila Mitra 2020 yilda O‘zbekistonning turistik salohiyatiga bag‘ishlangan maxsus loyihalarni amalga oshirmoqchi ekanini ma’lum qildi.
LiveBarchasi