O‘zbekiston ilk bor o‘zining sun’iy yo‘ldoshi va fazogirini kosmosga uchiradi (video)
Jamiyat
−
26 dekabr 2025 2568 1 daqiqa
O‘zbekiston ilk bor o‘zining sun’iy yo‘ldoshi va fazogirini kosmosga uchirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 26 dekabr kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llayotgan murojaatnomasida ma’lum qildi.
“Mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk bor kosmik sohada sun’iy yo‘ldosh va birinchi o‘zbek fazogirini uchirish bo‘yicha ishlarni boshladik. Bu – Yangi O‘zbekistonning ilmiy, texnologik rivojlanishi, umuman milliy taraqqiyotimizni yangi bosqichga olib chiqishga katta turtki beradi, deb ishonch bilan ayta olaman”, dedi O‘zbekiston Prezidenti.
Shuningdek, 2028 yil Samarqandda “Xalqaro astronavtika kongressi”ni o‘tkazish bo‘yicha puxta tayyorgarlik ko‘rilayotgani ta’kidlandi.
Live
Barchasi