O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sishi 2020 yilda sekinlashadi – OTB prognozi

Biznes

image

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) tomonidan e’lon qilingan yangi hisobotga ko‘ra, COVID-19 pandemiyasi, talabning sustligi, sanoat ishlab chiqarishi va xizmatlar sohasidagi pasayish natijasida bu yil O‘zbekistondagi iqtisodiy o‘sishning yanada pasayishi kutilmoqda.

2020 yilda O‘zbekiston YAIM o‘sishini 0,5% darajasida prognoz qilmoqda va bu iyun oyidagi 1,5% darajasidagi prognozga nisbatan pasayishdir. Biroq, 2021 yilda YAIM 6,5% gacha ko‘tarilishi kutilmoqda va bu prognoz bu yil oldinroq qilingan prognozga mos keladi.

“Bizning hisobotimizda bu yil o‘sishning pasayishini taxmin qilinayotgan bo‘lsa-da, xizmatlar va sanoat sohalarida kutilayotgan o‘sish natijasida 2021 yilda qayta tiklanish kutilmoqda”, deydi OTBning O‘zbekistondagi Doimiy vakolatxonasi rahbari Sindi Malvichini.

Bankning inflyatsiya prognozlari o‘zgarishsiz qolmoqda – 2020 yilda 13% va 2021 yilda 10%. Pandemiya bilan bog‘liq uzilishlar 2020 yilning dastlabki 7 oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining inflyatsiyasini oshirdi, biroq bu davrda boshqa tovar va xizmatlar narxlari inflyatsiyasi sekinlashdi. Shu bilan birga, oldingi yilga nisbatan O‘zbekiston so‘mining AQSH dollariga nisbatan qadrsizlanishi 2019 yilning birinchi yarmidagi 2,5%dan bu yil 6,7%gacha ko‘tarildi.

Sayohat cheklovlari va Rossiyadagi zaiflik tufayli pul o‘tkazmalarining qisqarishi va tabiiy gaz va misga bo‘lgan talabning va narxlarning pasayishi sababli tovarlarning eksporti 19,7% ga pasayishi natijasida O‘zbekistonning joriy hisob defitsiti 2020 yilning birinchi yarmida YAIMning 7,7%ga o‘sdi, va o‘tgan yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 6,8% tashkil etdi.

Ta’minot zanjiridagi uzilishlar tovarlar importining 14,1%ga qisqarishiga olib keldi va qurilish va sanoat mollari importida sezilarli pasayish kuzatildi. Xizmatlar eksporti 38,6%ga, importi esa 28,4%ga pasaydi. Eksport va pul o‘tkazmalaridagi zaiflik davom etiyotgan sharoitda bank joriy hisob defitsitining 2020 yilda oshishini va 2021 yilda eksport va pul o‘tkazmalarining tiklanishi natijasida qisqarishini prognoz qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jahon banki O‘zbekiston YAIM o‘sishi bo‘yicha prognozini 1,6 foizdan 1,5 foizgacha pasaytirgani xabar qilingan edi. Shu bilan birga, mamlakat mintaqada iqtisodiyoti o‘sishda davom etadigan yagona davlat bo‘lib qoladi.


Maqola muallifi

Teglar

Osiyo taraqqiyot banki

Baholaganlar

14

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing