O‘zbekiston Green Card orqali viza olish bo‘yicha dunyoda nechanchi o‘rinda?

Jamiyat

image

O‘zbekiston joriy yilda Green Card orqali AQSH vizasini olish bo‘yicha dunyoda 7-o‘rinni egalladi. Bu haqda AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi xabar berdi.  

“Toshkentdagi AQSH elchixonasi DV-2023 (Green Card) dastur yili davomida immigratsion vizalarni taqdim etish bo‘yicha dunyo bo‘ylab 7-o‘rinni egallaganini mamnuniyat bilan e’lon qilamiz”, deyiladi elchixona xabarida.

AQSH vakolatxonasi shuningdek, Qo‘shma Shtatlarda mehnat faoliyatini olib borish, yashash va ta’lim olish uchun ko‘plab usullar mavjudligini aytib, o‘zbekistonliklardan qonuniy va xavfsiz sayohat yo‘lini tanlashini so‘ragan.

Ma’lumot uchun, AQSH hukumati “Turli millatga mansub immigrantlar vizasi – DV” dasturi (Green Card) doirasida 50 mingta doimiy yashash huquqini beruvchi vizalar ajratadi.

Avvalroq Xalqaro ta’lim almashinuvi bo‘yicha 2023 yilgi “Ochiq eshiklar” (Open doors) hisobotiga ko‘ra, o‘tgan yili AQSHda ta’lim olayotgan o‘zbekistonlik talabalar soni 1000 nafardan oshgani haqida xabar berilgan edi. Bu o‘ziga xos yangi rekord bo‘lib, ko‘rsatkich undan avvalgi o‘quv yiliga nisbatan 72 foizga o‘sgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh O'zbekiston Green Card DV

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing