O‘zbekiston Global innovatsion indeks reytingida 7 pog‘ona ko‘tarildi
Jamiyat
−
21 Sentabr 2021
6683Kecha, 20 sentyabr kuni AQSHning Kornel universiteti, Fransiyaning Insead biznes maktabi va Butunjahon intellektual mulk tashkiloti Global innovatsion indeks reytingini e’lon qildi.
O‘zbekiston Global innovatsion indeks reytingida 132 davlat orasida 86-o‘rinni egalladi. Bundan avval mamlakatimiz reytingda 2020 yil 93-o‘rin va 2015 yilda 122 o‘rinlarni egallagan edi.
Global innovatsion indeksi 20 sentyabr sanasida e’lon qilgan nashrining nomi “COVID-19 inqirozi orqali innovatsiyalarni kuzatish” bo‘lib, hisobot COVID-19 inqirozning global innovatsiya ko‘rsatkichlariga ta’sirini baholaydi.
Global innovatsion indeks reytingida Shveysariya — 1-o‘rin, Shvetsiya — 2-o‘rin, AQSH — 3-o‘rin, Xitoy — 12-o‘rin Rossiya — 45-o‘rin, Qozog‘iston — 79-o‘rin, Qirg‘iziston — 98-o‘rin, Tojikiston — 103-o‘rinni egalladi.
LiveBarchasi