O‘zbekiston gilos eksporti bo‘yicha dunyoda 4-o‘rinni egalladi
Jamiyat
−
06 Sentabr 2022
11778O‘zbekiston dunyodagi eng yirik gilos eksportchilari orasida 4-o‘rinni egalladi. Bu haqda “EastFruit” tahliliy portali xabar berdi.
Qayd etilishicha, o‘tgan yili ko‘p yog‘ingarchiliklarga qaramay, O‘zbekiston Ispaniyaga qaraganda 18 ming tonna ko‘p gilos eksport qilgan. Bu yil ikki davlatda gilos eksporti hajmi bir xil bo‘lgan. Texnik jihatdan O‘zbekiston shirin gilos eksporti bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda, lekin reeksport qiluvchi Gonkong ikkinchi o‘rinda. Shu bois, sof eksportchilar orasida O‘zbekiston dunyoda to‘rtinchi o‘rinni egallagan.
BMTning oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sarmoyalari markazi iqtisodchisi Andrey Yarmakning fikricha, O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi va Yaqin Sharq uchun gilosning potensial yetkazib beruvchisi bo‘lishi mumkin.
“Shu sababli 2022 yil 15 sentyabr kuni Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki meva-sabzavot loyihasining savdo missiyasi doirasida O‘zbekistondan gilos va boshqa yangi mevalarni eksport qiluvchi o‘zbeklar bilan muzokaralar olib borish uchun 10 ta yirik xorijiy importyor Toshkentga keladi”, deya qo‘shimcha qilgan u.
Farangiz Salimova
LiveBarchasi