O‘zbekiston futzalchilari Braziliyaga qarshi o‘ynaydi
Sport
−
23 yanvar 2023 4817 1 daqiqa
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 27 yanvar kuni Toshkent shahrida o‘quv-mashg‘ulotlarini boshlaydi. Bahodir Ahmedov boshchiligidagi jamoa yig‘inning ikkinchi qismini Belarusda davom ettiradi.
Belarusdagi yig‘in doirasida o‘zbekistonlik futzalchilar 4-5 fevral kunlari Belarus futzal terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi. Bahslarga Mogilyov va Minsk shaharlari mezbonlik qiladi. Shuningdek, mart oyida O‘zbekiston terma jamoasi Braziliyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida qatnashishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, bungacha Bahodir Ahmedov shogirdlari Marokashning Rabot shahrida yig‘in o‘tkazib, mezbon futzalchilarga qarshi bahsda imkoniyatni boy bergandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr