O‘zbekiston futbolida og‘ir yo‘qotish

Sport

image

O‘zbekiston futbol federatsiyasining (hozirgi O‘FA – tahr.) sobiq prezidenti Elmar Aminov 91 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi axborot xizmati xabar berdi.

Elmar Aminov 1932 yilning 23 yanvar kuni Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. U Sankt-Peterburg jismoniy tarbiya institutini tamomlagan. 

Aminov talabalik davrida shaybali xokkey bilan professional tarzda shug‘ullanib, sportning shu turi bo‘yicha sport ustasi bo‘lgan.

1956 yilda “Paxtakor“ futbol klubi boshlig‘i va bir vaqtning o‘zida Futbol federatsiyasi prezidenti etib tayinlangan. Elmar Aminov shuningdek, 27 yil davomida Jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasini, keyin esa O‘zbekiston Turizm kengashini boshqargan. 

“Taniqli sport va jamoat arbobi, o‘zbek futboli rivojiga ulkan hissa qo‘shgan inson Elmar Aminovning vafoti munosabati bilan marhumning yaqinlari va oila-a’zolariga chuqur ta’ziya va hamdardlik bildiramiz”, deb yozadi Assotsiatsiya matbuot xizmati.


Maqola muallifi

Teglar

O'FA vafot etdi ta'ziya O'zbekiston futbol federatsiyasi El'mar Aminov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing