O‘zbekiston futbolida ilk bor VAR tizimi ishlatiladi
Sport
−
16 dekabr 2020 7267 1 daqiqa
Joriy yilning 20 dekabr kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogining final uchrashuvida ilk bor VAR (video-yordamchi hakam) tizimidan foydalaniladi. Bu haqda taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev o‘z Telegram sahifasi orqali ma’lum qildi.
“20 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Kubogi finali mamlakat hududida VAR texnologiyasi qo‘llanilgan ilk rasmiy o‘yin bo‘ladi”, deb yozadi mutaxassis.
O‘zbekiston kubogi finali Namangan shahridagi “Navbahor” markaziy stadionida o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun, futbolda VAR tizimi bosh hakamga videotakrorlar orqali qiyin vaziyatlarda yakuniy qaror qabul qilishga yordam beruvchi texnologiya hisoblanadi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr