O‘zbekiston Fransiyadan 24 ta qiruvchi samolyot sotib olishi mumkin

Jamiyat

image

O‘zbekiston harbiy-havo kuchlari Fransiyadan 24 ta Dassault Rafale qiruvchi samolyotlarini sotib olishi kutilmoqda, Bu haqda “TS2 Space” xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 2 noyabr kuni Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning Samarqand viloyatiga tashrifi chog‘ida katta qiymatli xarid bo‘yicha ikki tomonlama qiziqish paydo bo‘lgan. Shuningdek, unda O‘zbekistonning harbiy texnikasini modernizatsiya qilish borasidagi sa’y-harakatlari ham ko‘rib chiqilgan.

“O‘zbekiston o‘z harbiy-havo kuchlarini yangilash yo‘lida aniq qadamlar tashlamoqda, hozirda turli xil jangovar samolyotlar, jumladan, uning bazasida Su-27 va Su-25 hujum samolyotlari va Su-24 qiruvchi samolyotlari saqlanmoqda. Mudofaaga Rafale samolyotlarining potensial qo‘shilishi nafaqat texnologik sakrash, balki Markaziy Osiyoning harbiy landshaftidagi muhim geosiyosiy siljish ham bo‘ladi”, deyiladi xabarda.

Biroq mutaxassislarning fikricha, O‘zbekiston yaqin kelajakda bu samolyotlarni xarid qila olmaydi, chunki Dassault Aviation ishlab chiqaruvchisi Qatar, Xorvatiya va Indoneziyadan ko‘plab buyurtmalar olgan. Bundan tashqari, kompaniya Saudiya Arabistoni rasmiylari bilan muzokaralar olib bormoqda. Shu sababli, Fransiya muqobil sifatida mamlakatga Dassault Mirage 2000 qiruvchi samolyotlarini taklif qilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatidagi harbiy qismga tashrif buyurgan edi. O‘sha kuni ilk bor O‘zbekistonda “Bayraktar TB2” razvedka-zarba uchuvchisiz uchish apparati borligi ma’lum qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya O'zbekiston qiruvchi samolyot Dassault Rafale

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing